FAQ

Biz kimmiz? ISFT nima?

ISFT Instituti, MChJ "International school of finance technology and science" - bu xalqaro darajadagi eng ilg'or va istiqbolli oliy ta'lim muassasalaridan biridir. 2021 yildan boshlab, MChJ «International School of Finance Technology and Science» o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan berilgan Litsenziya bo’yicha “ISFT Instituti” brend nomi orqali oliygoh sifatida yuritadi. Biz ACCA xalqaro professional dasturi bo'yicha o'qish uchun noyob imkoniyatni talabalarga taqdim etamiz.

ACCA nima?

ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda tashkil topgan, malakali buxgalterlar uyushmasi hisoblanadi. Bugungi kunda, ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlashtirgan va professional doiralarda kuchli obro'ga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro tashkilotidir.

ACCAning dunyo miqyosida tan olinishi.

ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. Bu moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilchilarni tayyorlashga qaratilgan. ACCA malaka oshirish dasturi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boshqaruvi, audit va soliqqa tortish.

ISFT davlat ta'lim muassasasimi?

Yo'q. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan va davlatning barcha tegishli talablariga javob beruvchi litsenziya va sertifikatlar asosida ish faoliyatini olib boradi.