O’zbekiston bank soxasi hodimlari Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev qaroriga asosan ACCA dsaturi bo’yicha o’qishlari majburiy qilib biriktirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PP-3270 sonli "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish to'g'risida" gi qaroriga muvofiq bank sohasi xodimlari xalqaro buxgalterlar tayyorlash ACCA dasturida majburiy tarzda o'qitiladilar. Qarorga asosan, ACCA 2018-yil boshidan banklarning yillik chora tadbirlari qatoriga kiritildi.Shu bilan bir qatorda yuqoridagi kompleks O'zbekistonni 2017-2021-yillarda 5 asosiy yo'nalishda rivojlantirish tog'risidagi Harakatlar Strategiyasiga ham kiritilgan. Bank xodimlarini CFA va ACCA xalqaro sertifikatlari uchun o'qitishga O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, O'zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijoriy banklar hamda O'zbekiston Respublikasi Ta'lim Vazirligi mas'ul etib tayinlangan(Ilova No1, 45-band).

Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilsa bo'ladiki, bank xodimlari ACCA xalqaro standartlari asosida ta'lim olishlari kerakligi qonun tomonidan majburiy etib qo'yildi.