Biz haqimizda

2016 yilda tashkil topgan “Moliya va Texnologiyalar Xalqaro Maktabi ” («International School of Finance and Technology» MCHJ) O’zbekistondagi eng ilg’or innovasion va istiqbolli o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

ISFT moslashuvchan g’arb ta’lim tizimini uyg’unlashtirgan holda zamonaviy ta’lim amaliyotidan foydalaniladi. Bizning asosiy o’ziga hos tomonlarimiz shundan iboratki, samarali o’qitishning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillari to’g’ridan- to’g’ri emas, balki O’zbekistondagi ta’lim darajasi va xalq dunyoqarashiga moslashtirilgan holda tadbiq etiladi.

Bu O’zbekiston hududida nisbatan katta bo’lmagan faoliyat davrida ISFT da 3 akademik yilda ta’lim olayotgan talabalar soni 1100 dan oshib ketdi.

TA’LIM MUHITI

O’quv dasturining asosiy fanlari milliy va global (dunyo) miqyosidagi tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. “Moliya va Texnologiyalar Xalqaro Maktabi ” talabalari zamonaviy ma’ruza auditoriyalari, kutubxonalar va elektron resurslarga keng imkoniyatlar yaratilgan kompyuter xonalarida o’qish jarayonida ular maxsus kooperativ ishchi muhitida bo’ladilar. “Moliya va Texnologiyalar Xalqaro Maktabi ” o’z maqsadlarini nafaqat O’zbekistonda tan olingan, balki o’z bilimi, qobiliyatlari, ijodkorligi, keng fikrlash doirasi bilan dunyoda tan olinadigan bitiruvchilarni tayyorlashga yo’naltirilgan. Bizning talabalarimiz samarali ta’lim muhitida o’qituvchilar tomonidan taqdim etilayotgan o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan yangi ma’lmotlarga ega bo’ladilar.

O’ZIGA HOS O’QITISH USLUBI

“Moliya va Texnologiyalar Xalqaro Maktabi ” jahon amaliy tajribasini ta’lim sohasiga singdirgan holda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga intiladi. Bizning talabalarimiz yetakchi muttaxasislar raharligida o’qish imkoniyatlariga egadirlar. Shuningdek, tadqiqotlar hamjamiyatida bo’la turib , ular o’quv dasturlarining dastlabki kunlaridanoq samrali tadqiqot usullarini o’rgana boshlaydilar. Talabalar keying ta’lim olishlarida va ishga joylashishida tengi yo’q bo’lgan turli masalalarni yechish ko’nikmalarini va malakalarini yaxshilash qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

KICHIK GURUHLAR SAMARADORLIGI

“Moliya va Texnologiyalar Xalqaro Maktabi ” barcha talabalaraga kichik guruhlarda, maxsus ishchi jamoalarida, tajribali o’qituvchilar va akademiklar qo’l ostida ta’lim olish imkoniyatini taqdim qilish samaradorligi g’oyasi tarafdoridir. Bu uslub talabalarning ijjodkaorligi va tashabbuskorligini rivojlantiradi va faol-tadqiqotlar olib boriladigan o’quv muhitida bilim olishning foydaliligini oshiradi.

BIZNING BITIRUVCHILARIMIZDAGI AFZALLIKLAR VA O’ZIGA XOSLIKLAR

  • - O’z sohasida mukammal kompleks bilimlarga egaligi
  • - Tanqidiy fikrlash va qo’yilgan masalalarni yechish ko’nikmasiga egaligi
  • - Biznes savodxonligi va kirishuvchanligi
  • - Yetakchilik sifatlari, jamoat bo’lib ishlash va rivojlanish ko’nikmalari
  • - Axloqiy kompetensiyaga egaligi va xalqaro bag’rikenglik
  • - O’z ishiga sadoqat, hissiyotni jilovlay olish sabr bardoshli.

Direktor bilan bog'laning

Elektron qabulxona

Litsenziya va sertifikatlar