ACCA haqida

ACCA, Sertifikatlangan Diplomli Buxgalterlar Assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniya

АССА – bu moliya va buxgalteriya sohasidagi eng yuqori malakali mutaxassislar assotsiatsiyasi. Assotsiatsiyaning maqsadi – buxglateriya hisobi, auditorlik, moliya va menejment sohasida muvaffaqiyatli mavqega intilayotgan dunyodagi ishbilarmon, qobiliyatli va g’ururli insonlarga eng ma’qul malakalarni taklif etish. Assotsiatsiya bugungi kunda 181 mamlakatdan 227 000  nafar a’zoni va 544 000 talabani birlashtirib, ularga zarur biznes ko’nikmalarni o’rgatgan holda muvaffaqiyatli mavqega ega bo’lishga ko’mak bermoqda.

ACCA dunyoning 101 mamlakatida ofislariga ega bo’lib, 7291 ta akkreditatsiyadan o’tgan ish beruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, ACCA faoliyati Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari fondi kengashi IFRS (The International Financial Reporting Standards Foundation) tomonidan to’g’ridan-to’g’ri muvofiqlashtirib boriladi. IFRS Xalqaro moliyaviy hisoboti standatrlarini ishlab chiqish bo’yicha yetakchi organ bo’lib hisoblanadi.

 

АССА o'quv dasturi, batafsil ma'lumot→

Nima uchun ACCA? O’zbekistonda ACCA kasbiy malakasiga ehtiyoj bormi?

Shubhasiz!

ACCA  malaka kvalifikatsiyasi MHXS (Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlari ) bo’yicha moliya, buxgalteriya hisoboti va auditorlik sohasida kasbiy bilimi, ko’nikma va malakalar, shuningdek, kasbiy qadriyatlarni ta’minlashga qaratilgan. ACCA kvalifikatsiyasining mavjudligi moliyachi mutaxassislarga istalgan sohada muvaffaqiyatli mavqega  erishishda yordam beradi: ular davlat yoki xususiy sektorda, buxgalterlik firmasida, xorijiy kompaniyada ishlashi yoki o’z shaxsiy biznesi bilan shug’ullanishi mumkin.

O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining  «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Moliyaviy hisobotning xalqaro standatrlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qarorlariga muvofiq bank xodimlarini ACCA (Sertifikatlangan Diplomli Buxgalterlar Assotsiatsiyasi) xalqaro buxgalterlar tayyorlash dasturi bo’yicha o’qitish 2018 yildan boshlab banklarda o’ttkazilishi ko’zda tutilgan Kompleks chora-tadbirlar (birinchi buyruqning №1 ilovasi, 45-bandi) kiritilgan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar 2017-2021 yillarda O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta usturov yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasiga kiritilgan. Mazkur qarorning 30-bandida tijorat  banklari tomonidan banklarni moliyaviy barqaror va raqobatbardosh, ilg’or amaliyot va xalqaro standatrlar asosida faoliyat yuritvchi muassasalarga sifatli o’zgartirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga katta ahamiyat berilgan.

Xalqaro audit (XAS) va moliyaviy hisobotlar standartlari (XMHS) ni o’zlashtirish ACCA dasturi bo’yicha ta’lim olishining salmoqli yutuqlaridan yana biri hisoblanib, bitiruvchilarni ushbu standatrlar bo’yicha professional darajada ishlashga tayyorlaydi. Ushbu yo’nalishlar O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son Qarorida aks ettirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

ACCA dasturi bo’yicha o’qishni tugatgandan keyin ish topish mumkinmi?

Oson.

«2020 yil – tadbirkorlik subyektlari uchun XMHS (Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari)ni qo’llashga (mutaxassislarni XMHS bo’yicha o’qitish, hisobot siyosatini ishlab chiqish, IT-tizimlarining XMHS bo’yicha hisobtlarni tayyorlash uchun muvofiqligini tahlil qilish, shuningdek, biznesning XMHS talablariga muvofiq o’zgarishlarga tayyorligini baholash) o’tish davri bo’lib hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab jamoaviy manfaatlar uchun xizmat qiluvchui yuridik shaxslar (aksionerlar jamiyati, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilarga kiruvchi yuridik shaxslar)ning ma’lum bir ro’yxati XMHSni majburiy qo’llashga o’tkaziladi. Mazkur shaxslar 2021 yil oxiriga qadar XMHSni sifatli qo’llash uchun buxgalteriya xizmatlari xodimlari sonini 3 tadan kam bo’lmagan mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlashlari kerak.»

«O’zbekistonda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarini (XMHS) joriy qilish», bo’yicha hujjatdan olindi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

Hujjatni yuklab olish