FAQ

Grand o'rinlari ham mavjudmi ?

Hozirgi vaqtda tahminan 300 ta grant  hamda + 50 grand (Ijtimoiy oila vakillari uchun) o'rinlari ochilishi rejalashtirilgan

ISFT Instituti Hemis dasturidan o’tganmi ?

ISFT Instituti Hemisdan o’tgan tekshirib ko’rishingiz mumkun https://hemis.uz/universities

Agar instituti akkreditatsiyadan o’ta olmasa, institut talabalari diplomni qanday olishadi?

Har qanday institut yoki universitet akkreditatsiyadan o’tish uchun  kamida 5 yil faoliyat yuritgan va o’zini bitiruvchilariga ega bo’lishi kerak. Habaringiz bor, ISFT instituti 2021 yil 21-oktyabr kuni o’z litsenziyasini olgan, va hali o’z bitiruvchilariga ega emas. Agar Institut akkreditatsiyadan o’ta olmasa, barcha talabalari o’qishni tamomlagunga qadar faoliyat yuritib, diplom bilan ta’minlash vazifasi yuklatiladi. Diplom olgan barchaning diplomi haqiqiy deb topiladi va O’zbekiston respublikasi hududida boshqa OTM lar diplomi bilan bir xil kuchga ega boladi.

Yotoqxona bilan ta’minlanadimi?

Samarqanddagi filliallimiz uchun yotoqxonqa qurilish ishlari boshlash arafasida

O'qishni ko'chirish

Albatta  Institutimizda “perevod” mavjud. Perevodlar faqat 2-kursdan qabul qilinadi.

Nafaqat O’zbekistondan, siz Xorijdan ham bizning institutimizga perevod qilsangiz bo’ladi,
talablar: 1-kursni tugatgan bo’lishingiz , yakuniy imtixonlaringizdan o’tgan va 1-kurs tugatganligingiz haqida buyrug’ingiz bo’lishi talab qilinadi

 

Kontrakt

Kontrakt summasi

Talabalikka tavsiya etilgan Abituriyentlar uchun yillik kontrakt summasi:

Kunduzgi ta'lim uchun kontrakt to'lovi 50 BHM dan - 60 BHM oralig'ida

Shu jumladan :

- Xalqaro yo’nalishimizda 60 BHM 20 400 000 so’mni tashkil etadi

- Qolganlar yo’nalishlarimizda esa 50 BHM 17 000 000  so’mni tashkil etadi


Sirtqi ta’lim uchun - 33 BHM barcha ta’lim yo’nalishiga bir xil (Bazaviy hisoblash miqdori), joriy yil uchun 11 220 000 so‘m.

  • Hozirgi kunda BHM ( bazaviy hisoblash miqdori ) - 340 000so'mni tashkil etadi.
    ISFT instituti talabalarga stipendiya ajratmaydi, biroq yillik 100 foizlik grantlar ajratishi mumkin.

Agar bitta oiladan (aka-uka, opa-singil, er-xotin va h.k.) 2 yoki undan ortiq talaba o’qiydigan bo’lsa, kontrakt to’l-oviga har bir oila a’zosi uchun 20 foizlik chegirma beriladi.

ISFT Institut qayerda joylashgan ?

:  Asosiy ( birinchi )bino :Institut Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2 uy. Mo’ljal: Agrar universiteti va litseyi.

: Ikkinchi o’quv bino : Tosh Shahar, Mirzo Ulug’bek tumani Bahor MFY 102/5 .
   Mo’ljal : Eco bozor to’g’risida

: Uchinchi o’quv bino : Samarqand shahar, Mirzo bidil ko’chasi, 24-uy
   Mo’ljal : Eski Farfor zavodi ro’parasi, diskani yo’lida ( litsenziyalash kutilmoqda )
 
: To’rtinchi o’quv bino : Andijon shahar, Boburshox ko'chasi 2-uy

   Mo'ljal : Digital city orqasida, Mono markzak oldida ( litsenziyalash kutilmoqda )

Biz kimmiz? ISFT nima?

ISFT Instituti O’zbekistondagi eng ilg’or, innovatsion va istiqbolli institutlardan biri bo’lib, uzoq yillik tarixiga ega. Ushbu dargoh 2016 yil International School of Finance Technology and Science (Interneshnl skul of Faynens, teknoliji end saynes) (ISFT) nomi ostida biznes maktab sifatida faoliyatini boshlagan. Biznes maktabda asosan darslar ingliz tilida bo’lib, Buyuk Britaniyaning ACCA dasturi asosida xalqaro buxgalteriya bo’yicha ta’lim berilan.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5847-sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» farmoniga asosan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilangan.

Shundan kelib chiqib, 2021 yil ISFT Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 0035-sonli litsenziyaga ega bo’ldi va ISFT Instituti brendi ostida o’z faoliyat davom ettirib kelmoqda.

ISFT Institutimizda 2 ta ta’lim shakli bo’yicha tahsil olishingiz mumkin. Bular kunduzgi va sirtqi yoki ochniy va zaochniy. 2021 yilda bakalavr uchun 1 ta fakultetda 3 ta yo’nalish bo’lgan bo’lsa, 2024 yilga kelib bakalavr uchun 4 ta fakultetda 17 ta yo’nalishda tehsil olish imkoniyati yaratildi va magistratura uchun 3 ta yo’nalish ochildi.

ACCA nima?

ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda tashkil topgan, malakali buxgalterlar uyushmasi hisoblanadi. Bugungi kunda, ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlashtirgan va professional doiralarda kuchli obro'ga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro tashkilotidir.

ACCAning dunyo miqyosida tan olinishi.

ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. Bu moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilchilarni tayyorlashga qaratilgan. ACCA malaka oshirish dasturi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boshqaruvi, audit va soliqqa tortish.

ISFT davlat ta'lim muassasasimi?

Yo'q. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan va davlatning barcha tegishli talablariga javob beruvchi litsenziya va sertifikatlar asosida ish faoliyatini olib boradi.