16 August 2019, 15:09

Asosiy binoning ochilishi

2019-yil 18 mart kuni uzoq kutilgan ISFT yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu voqea va Navruz bahor bayramining katta tantana sifatida nishonlanishi jo'shqin o'yin-kulgi, quvnoq musiqa sadolari ostida va mehmonlar uchun quyuq ziyofatlar uyg'unligida o'tkazildi. O'zbek estradasining barcha sevimli artistlari chiqishlari bilan bir qatorda milliy palov va sumalak taomlarining tarqatilishi hammaga betakror xursandchilik bag'ishladi. 

ISFTning yangi binosi Toshkent Agrar universiteti hududida Universitet ko'chasi 2-uyda joy olgan.