Tayyorlov kursi

Bir semester (4 oy)

Ushbu kurs keyinchalik Asosiy 4 yillik dastur (Umumiy ta’lim kursi +Bakalavriat)ga kirish maqsadida o’z ichiga umumiy Ingliz tilidan intensive darslarni qamrab oladi. Tayyorgarlik vaqtida, oquvchilar guruhlarga bo'lingan holda o’qib, Ingliz tilining boshlang’ich kursi (Starter, Beginner, Elementary, Pre-Intermediate) dan boshlab, O’rta daraja (Intermediate)gacha ko’tariladi, bu daraja Umumta’lim kurslari uchun yetarli bo’ladi. Kursning o’ziga xosligi shundan iboratki, Ingliz tilida darhol o’qish boshlanib, muntazam ravishda ko’p ishlatiladigan biznes tushunchalar va atamalar bilan tanishib boriladi, bu esa o’quchilarning ishchan muhitga tez ko’nikib ketishlariga beradi.

Tayyorlanish davrida o'quvchilar to'liq ravishda o'zlashtirish monitoringi kuzatuvi ostida bo'ladilar, bu jarayon davriy ravishda test topshirish, guruhli loyihalarda ishtirok etish, shuningdek o'quvchilarning natijalarini yaxshilashga qaratilgan o'qituvchilarning o'rinli tanbexlarini ham o'z ichiga oladi.

MASHG’ULOTLAR TURI:

Guruhlardagi mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar.

O’QISH DAVRI:

Oktyabr – Yanvar (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Iyun (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dshanba– Juma, 16:00 – 20:00 (o'quv yili boshlanishida o'zgarish ehtimoli bor).

Talablar:

  • ISFTda yuzma-yuz suhbat;
    • Ushbu kursda o’qish uchun ingliz tilini bilish darajasining AHAMIYATIYO’Q.

Abiturient Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng, kirgan vaqtiga qarab keyingi akademik smesterdan Asosiy dasturlarni boshlaydi:

- Agar abiturient Tayyorlov kursini oktyabrda (Yozgi Qabul) boshlagan bo’lsa, fevraldan;

- Agar abiturient Tayyorlov kursini fevraldan (Qishki Qabul) boshlagan bo’lsa, oktyabrdan boshlab Asosiy dasturlarni o’qiy boshlaydi.