ISFT PRE-FOUNDATION

Ayni paytda Tayyorlov Kursiga qabul YOPIQ

 

TAYYORLOV KURSI

Bir semester (4 oy)

Ushbu kurs keyinchalik Asosiy 4 yillik dastur (Umumiy ta’lim kursi +Bakalavriat)ga kirish maqsadida o’z ichiga umumiy Ingliz tili va matematikadan intensiv darslarni qamrab oladi. Tayyorgarlik vaqtida, oquvchilar guruhlarga bo'lingan holda o’qib, Ingliz tilining boshlang’ich kursi (Elementray, Pre-Intermediate, Intermediate) dan boshlab, yuqori daraja (Upper-Intermediate)gacha tugallashadi, bu daraja Umumta’lim kursi uchun yetarli bo’ladi. Kursning o’ziga xosligi shundan iboratki, Ingliz tilida darhol o’qish boshlanib, muntazam ravishda ko’p ishlatiladigan biznes tushunchalar va atamalar bilan tanishib boriladi, bu esa o’quvchilarning ishchan muhitga tez ko’nikib ketishlariga yordam beradi.

Tayyorlanish davrida o'quvchilar to'liq ravishda o'zlashtirish monitoringi kuzatuvi ostida bo'ladilar, bu jarayon davriy ravishda test topshirish, guruhli loyihalarda ishtirok etish, shuningdek o'quvchilarning natijalarini yaxshilashga qaratilgan o'qituvchilarning o'rinli tanbehlarini ham o'z ichiga oladi.

DARSLIKLAR RO'YXATI:

  • General English (Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate);
  • Foundation of Mathematics.

MASHG’ULOTLAR TURI:

Guruhlardagi mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar va Interaktiv leksiyalar.

O’QISH DAVRI:

Oktyabr – Yanvar (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Iyun (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba– Juma, 16:00 – 20:00 (o'quv yili boshlanishida o'zgarish ehtimoli bor).

Talablar:

  • ISFTda yuzma-yuz suhbat (ISFT qabul komissiyasi qarororiga muvofiq);
  • Mantiqiy savol testlar va ingliz tilini bilish darajasini (Elementary) tekshiruvchi test.
     

Abiturient Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng, kirgan vaqtiga qarab keyingi akademik semesterdan Asosiy dasturni boshlaydi:

- Agar abiturient Tayyorlov kursini oktyabrda (Yozgi Qabul) boshlagan bo’lsa, fevraldan;

- Agar abiturient Tayyorlov kursini fevraldan (Qishki Qabul) boshlagan bo’lsa, oktyabrdan boshlab Asosiy dasturni o’qiy boshlaydi.