Biz haqimizda

2016 yilda tashkil topgan MChJ «International School of Finance Technology and Science» O’zbekistondagi eng ilg’or innovatsion va istiqbolli o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

2021 yildan boshlab, MChJ «International School of Finance Technology and Science» o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan berilgan Litsenziya bo’yicha “ISFT Instituti” brend nomi orqali oliygoh sifatida yuritadi.

ISFT Instituti moslashuvchan g’arb ta’lim tizimini uyg’unlashtirgan holda zamonaviy ta’lim amaliyotidan foydalanadi. Bizning asosiy o’ziga hos tomonlarimiz shundan iboratki, samarali o’qitishning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillari to’g’ridan- to’g’ri emas, balki O’zbekistondagi ta’lim darajasi va xalq dunyoqarashiga moslashtirilgan holda tadbiq etiladi.

TA’LIM MUHITI

O’quv dasturining asosiy fanlari milliy va global (dunyo) miqyosidagi tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. “ISFT Instituti” talabalari zamonaviy ma’ruza auditoriyalari, kutubxonalar va elektron resurslarga keng imkoniyatlar yaratilgan kompyuter xonalarida o’qish jarayonida ular maxsus kooperativ ishchi muhitida bo’ladilar. “ISFT Instituti” o’z maqsadlarini nafaqat O’zbekistonda tan olingan, balki o’z bilimi, qobiliyatlari, ijodkorligi, keng fikrlash doirasi bilan dunyoda tan olinadigan bitiruvchilarni tayyorlashga yo’naltirilgan. Bizning talabalarimiz samarali ta’lim muhitida o’qituvchilar tomonidan taqdim etilayotgan o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan yangi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

O’ZIGA HOS O’QITISH USLUBI

“ISFT Instituti” jahon amaliy tajribasini ta’lim sohasiga singdirgan holda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga intiladi. Bizning talabalarimiz yetakchi mutahassislar rahbarligida o’qish imkoniyatlariga egadirlar. Shuningdek, tadqiqotlar hamjamiyatida bo’la turib , ular o’quv dasturlarining dastlabki kunlaridanoq samarali tadqiqot usullarini o’rgana boshlaydilar. Talabalar keng ta’lim olishlarida va ishga joylashishida tengi yo’q bo’lgan turli masalalarni yechish ko’nikmalarini va malakalarini yaxshilash qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

KICHIK GURUHLAR SAMARADORLIGI

“ISFT Instituti” barcha talabalariga kichik guruhlarda, maxsus ishchi jamoalarida, tajribali o’qituvchilar va akademiklar qo’l ostida ta’lim olish imkoniyatini taqdim qilish samaradorligi g’oyasi tarafdoridir. Bu uslub talabalarning ijodkorligi va tashabbuskorligini rivojlantiradi va faol-tadqiqotlar olib boriladigan o’quv muhitida bilim olishning foydaliligini oshiradi.

BIZNING BITIRUVCHILARIMIZDAGI AFZALLIKLAR VA O’ZIGA XOSLIKLAR

  • - O’z sohasida mukammal kompleks bilimlarga egaligi
  • - Tanqidiy fikrlash va qo’yilgan masalalarni yechish ko’nikmasiga egaligi
  • - Biznes savodxonligi va kirishuvchanligi
  • - Yetakchilik sifatlari, jamoat bo’lib ishlash va rivojlanish ko’nikmalari
  • - Ahloqiy kompetensiyaga egaligi va xalqaro bag’rikengligi
  • - O’z ishiga sadoqat, hissiyotni jilovlay olish sabr bardoshli bo’lish.

Direktor bilan bog’laning

Elektron qabulxona

Litsenziya va sertifikatlar