04.12.2021. Yangi talabalarni tanishtiruv haftaligi yakunlandi

Bugun 2021-2022 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan yangi talabalar uchun tanishtiruv haftaligi yakunlandi. Haftalik talabalarning bir-biri bilan, ichki tartib-qoidalari, talabalik hayoti va o‘quv tartib-qoidalari bilan tanishishdan boshlandi va yakunda guruhlar tomonidan tayyorlangan individual proektlar namoyishi bilan bayram tadbiri davom ettirildi.