Oxford Brookes universiteti bakalavr darajasi O'zbekistonda nostrifikatsiya uchun imtihon talab qilmaydi.

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 173-sonli "Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish (ekvivalentligini belgilash) tartibiga oid Nizomga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaroriga, asosan eng yaxshi 500 oliy ta’lim muassasi diplomi imtixonsiz nostrifikasiyadan o’tadigan bo’ldi. ISFT da o'quv dasturini muvaffaqiyatli tugallagan va diplom ishini qoniqarli yozgan holatda bakalavr diplomini beruvchi Oxford Brookes Universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari orasida 361-o’rinni egallaydi va shu bilan birgalikda diplom nostrifikatsiyasi uchun hech qanday imtihon talab qilinmaydi.