13.11.2017. ISFT talabalari va xodimlari ACCAning 113 yilligini nishonlamoqda

2017 yil 13 noyabr sanasida ACCA ning tashkil etilganiga 113 yil to'ldi. Bu tadbir munosabati bilan ISFT ning xodimlari va talabalari ishtirokida bayram tashkil etildi.

ACCA (Association of Chartered Certified Accountants)1904 yil 13 noyabrda tashkil etilgan.

Uyushma professional doiralarda yuqori maqomga ega oliy darajali buxgalteriyaning eng yirik Xalqaro kasbiy tashkiloti bo'lib,o'z dasturida yuqori malakali o'qishni taklif qiladi. Bizning ISFT mana shu dastur asosida ta'lim beradi. Hozirgi kunda ACCA Xalqaro tashkiloti 180 mamlakatda 200 mingdan ortiq professional va 486 mingdan ziyod talabalarni o'z ichiga qamrab olgan.