Xorijiy til va adabiyot Bakalavriati

Xorijiy til va adabiyot Bakalavriati

Narxi (1 yil uchun):

  • 17 000 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)
  • 11 220 000 so‘m (sirtqi ta’lim) - 33 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori).

Dasturning maqsadi:

  • Dastur davomida talabalar ingliz tili fanini oʼqitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni oʼrganadilar. Shu bilan birga, tilni samarali oʼzlashtirishga yordam beradigan, til oʼrganuvchilarning savodhonligini oshiradigan usullar bilan tanishadilar va amalda tadbiq etadilar;
  • Talabalar ingliz tili oʼrganuvchilariga samarali oʼquv muhitini yaratishda ingliz madaniyati nazariyasi va printsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligi oʼrganadilar. Va kerakli amaliy koʼnikmalarini shakllantiradilar. Til oʼrganish jarayonida madaniyat va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan bogʼliq boʼlgan tushunchalar, madaniy oʼziga xosliklar til oʼrganishga muhim taʼsir koʼrsatuvchi omil ekanligini oʼrganadilar; 
  • Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni oʼrgangan holda, oʼquv rejasi tuzish va undan dars jarayonida foydalanish xamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʼqitish standartlariga moslashtirish usullarini oʼrganadilar. Talabalar dastur modellari, til koʼnikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida integratsiyalash strategiyalarini tadbiq etish haqida maʼlumotga ega boʼladilar. Zamonaviy texnologiyalarni til oʼrgatish jarayonida samarali qoʼllash, til oʼrganuvchilarga mos keladigan oʼquv resurslari va materiallarni toʼgʼri tanlay olish va tuzish malakalarini shakllantiradilar.



MASHG'ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).

 

Kunduzgi ta`lim uchun talablar:

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi.

Imtihon shartlari:

  • Ingliz tilining o’rta (Intermediate) darajasini bilish bo’yicha test ;
  • Ona - tili va adabiyot bo'yicha test .
  • Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikga tavsiya etiladi.
  • Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.

 

Ushbu o'qish yo'nalishida sirtqi ta'lim mavjud emas!