04.10.2023 ISFT Institutida "Xon atlas" festivali doirasida tadbir bo'lib o'tdi.

ISFT Institutida "Xon atlas" festivali doirasida tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbek milliy matolari deganda ko'z o'ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo'ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan ushbu go'zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o'tmishi, qadimiy an'analari, estetik dunyoqarashi va o'ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo'lgan ushbu konsert dasturida milliy raqs va qo'shiqlar ijro etildi.

Barcha talaba-qizlar va ayol professor-o'qituvchilar xon atlasdan tikilgan milliy liboslarimizda ishtirok etishdi.