“Milliy brend” foto tanlovi

Institutimizning 2-kurs talabasi, Arina Amonkeldieva, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish" markazi tomonidan respublika darajasida tashkil etilgan “Milliy brend” foto tanlovida faxrli 3-o'rinni egallab, ISFT Institutini munosib tarzda namoyish etganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

Talabamizni ushbu ajoyib yutug'i bilan tabriklaymiz va institutimizga taqdim etgan hissasi bilan faxrlanamiz.

Bu talabalarimizning yuqori darajadagi iste'dodi va ijodiy tashabbuskorligining ko'rsatkichidir.

Kelajakda unga ijodiy g'alabalar va professional yutuqlar tilab qolamiz!