Iqtisodiyot

Yo'nalish haqida

 

Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi.

Yoʼnalishning maqsadi

Fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O`zbekiston rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga, xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, huquqiy hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlar, rejalashtirish ishlarini tashkil etish, xo`jalik yurituvchi sub'ektini xo`jalik-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bo`yicha istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish, xo`jalik yurituvchi sub'ektlarni iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda mamlakatimiz va xorij tajribasini o`rganish, ishlab chiqairsh texnologik asoslarini bilish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni texnika-iqtisodiy hisob-kitoblar va xo`jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish.   

Ta`lim yo`nalishi kompetensiyalari

Ta`lim yo`nalishi kompetensiyalari    Davlat siyosatining dolzarb masalalrini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish, mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish, to`g`ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatni shakllantirish, yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o`z stida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil eta olishi, me`yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash izlash, tahlil qilish va ulardan kasbi faoliyatda foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lish, iqtisodiy o`sish, strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta`minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqishva amalga oshirish ko`nikmalariga ega bo`lish, makroiqtisodiy muhitni, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini talil qilish va baholash ko`nikmalariga ega bo`lish.

Dars shakllari:

Ma'ruzalar, Kichik guruhlardagi darslar, Jamoa loyihalari, O'quv seminarlari, Keys seminarlari, Amaliy mashqlar.

O‘qish davri:

Oktabr - iyun (an'anaviy yozgi qabul)

Narxi (1 yil uchun):

• 17 000 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)

• 11 220 000 so‘m (sirtqi ta’lim) - 33 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)

Bandlik sohalari:

— Menejment;

— Marketing;

— Moliya;

— Bank ishi;

— Sug‘urta ishi;

— Soliq va soliqqa tortish;

— Buxgalteriya hisobi va audit;

— Pensiya ishi va boshqalar.