ISFT institutida ilmiy tadqiqotlar markazi faoliyat ko'rsata boshladi

2024-yildan boshlab ISFT institutida ilmiy tadqiqotlar markazi faoliyat ko'rsata boshladi. Bu markaz ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, ularning mavzusini kengaytirish va professor-o'qituvchilar tarkibini qo'llab-quvvatlash uchun tashkil etildi..

Markaz Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi maʼlumotlar bazasiga ulangan bo‘lib, institut professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilmiy-taʼlimiy hamda ilmiy-maʼrifiy sohalardagi milliy va xorijiy elektron bazalarda mavjud axborot-kutubxona resurslaridan doimiy ravishda foydalanishlari mumkin. 

Ushbu markazda quyidagi resurslardan foydalanish mumkin:

1.Milliy kutubxonaning rasmiy veb-portali – natlib.uz 

2.Ilmiy ishlar maʼlumotlar bazasi portali – diss.natlib.uz 

3.Milliy kutubxonaning media portali – media.natlib.uz 

4.Vaqtli matbuot nashrlari portali – press.natlib.uz 

5.Nodir va qoʻlyozma asarlarning maʼlumotlar bazasi – nodir.natlib.uz 

6.QR-kodli kitoblarning maʼlumotlar bazasi – qr.natlib.uz  

Shuningdek, xorijiy ilmiy taʼlimiy maʼlumotlar bazalari ham Ilmiy tadqiqotlar markazida jamlangan boʻlib, quyidagi bazalardan erkin foydalanish mumkin: EBSCO, Library, Press Display, Web of Science, Springer Link, EIFL (Electronic Information for Libraries), Bookshare, EUCLID, e-Duke Journals Scholarly Collection, IMechE Journals, Edward Elgar Publishing, European Respiratory Journal, IWA (the international water association), Royal Society Journals Collection, Open Edition.

Ilmiy tadqiqotga qiziquvchilar hamda ilmiy ish bilan shug‘ullanayotganlarni taklif qilamiz.

Manzil: 111218, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Bahor122/5 uy, “Eco” binosidagi 601- xona.

Telegram icon