BIZNES-INKUBATOR

2024-yildan ISFT institutida biznes-inkubator o‘z faoliyatini boshladi. Biznes-inkubator ISFT talabalari uchun bepul xizmat ko‘rsatadi. Biznes-inkubator yosh bo‘lajak tadbirkorlarga o‘g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘llarini o‘rgatadi va ularni o‘z biznesini ochishga rag‘batlantiradi. Biznes-inkubator – yosh tadbirkorlar  uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadamdir.

BIZNES-INKUBATORNING VAZIFASI:

innovatsion g‘oyalarni hayotiy startap-biznesga aylantirish maqsadida innovatsion va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

sanoat korxonalari, investorlar, hukumat, ilmiy doiralar va boshqa taniqli biznes-inkubatorlari bilan bilim almashinish, texnologiyalarni birgalikda rivojlantirish va uzatishda hamkorlik qilish.

BIZNES-INKUBATOR KOORDINATORI: MARJONA ADHAMOVNA

Biznes va marketing bo‘yicha 6 yillik amaliy tajribaga ega menejer. Yoshlarga o‘z biznesini ochish va boshqarishga yordam beruvchi “Yoshlar – bizning kelajagimiz” tashkilotida ishlagan. Kichik bizneslarga maslahat berib, yoshlarni startap tanlovlariga tayyorlagan. Unicorn startap tanlovida sudya bo‘lgan.

Biznes incubator quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Hamkorlik markazi – jamoa a’zolari o‘z loyihalari ustida fikr yuritishi, strategiya tuzishi va birgalikda ishlashiga mo‘ljallangan maxsus joy.

Ish maydoni – samaradorlikka erishishga qaratilgan maxsus maydon bo‘lib, bu yerda ishtirokchilar kompyuterlar va internetdan foydalangan holda o‘z loyihalari muammolariga e’tibor qaratishlari mumkin.

Taqdimot arenasi – faol o‘rganishga bag‘ishlangan dinamik makon, bu yerda ishtirokchilar taniqli mahalliy tadbirkorlar boshchiligidagi taqdimotlar va munozaralarda qatnashadilar. Ushbu taqdimot arenasi taqdimotlar, muzokaralarda qatnashish, bilim almashishga qaratilgan bo‘lib, networking imkoniyatlarini rivojlantiradi.

Tetiklantiruvchi markaz – gazak, suv va boshqa yeguliklar mavjud, maxsus kofe mashina bilan jihozlangan minibar. Ushbu qulay burchak tadbirkorlarni quvvatlantiradi va g‘oyalarini amalga oshirishda kuch to‘plashga ko‘maklashadi.