Ўзбекистоннинг енг янги тарихи билимдони

Bobolardan qolgan o‘gitga ko‘ra tarixsiz kelajak yo‘q.

 Joriy yilning 20-may sanasida talabalarning qiziqish hamda xohish-istaklarini inobatga olgan holda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu intellektual bahsda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. Bahslarda 23-XTA-01, 02, 03, 04 guruh talabalaridan tarkib topgan 4 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.

 Intellektual bellashuvning umumiy natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin sohiblari 23-XTA-02 guruhi, ikkinchi o‘rin 23-XTA-03 guruhi hamda mos ravishda uchinchi o‘rinni 23-XTA-01 va 23-XTA-04 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa hamda barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Intellektual bellashuv 2 turdan iborat tarzda tashkil etilib, g‘olib hamda sovrindor jamoalar aniqlandi. 

“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual bellashuvini Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari D.Rahimboyeva hamda I.Karimovlar yuqori saviyada tashkil etib, o‘tkazishdi. Ushbu kafedraning o‘qituvchilari N.Elmuratova va N.Sayfutdinova bellashuv hakamlari sifatida ishtirok etib, qatnashchilarni munosib hamda haqqoniy baholab berishdi.

Telegram icon