Aprel oyi ham shiddat bilan boshlandi!

Aprel oyi ham shiddat bilan boshlandi!

4-aprel kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion faoliyat agentligida o'tkazilgan marosimda, bizning ISFT Institutimizning ilmiy bo'limi bosh mutaxassisi Feruza Manukyan, 2022-2023 yillardagi "Olima ayollar" tanlovining g'oliblari orasida sertifikat bilan taqdirlangan.

Feruza Manukyan ushbu mukofotni "Bolalar uchun iboralarining rasmlar bilan izohli lug'ati" loyihasi uchun
311 million so'm miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

Loyiha bolalar uchun mo'ljallangan lug'atni chop etishni ko'zda tutadi, unda o'zbek milliy urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiruvchi
200 ta ibora batafsil izoh va rasmlar bilan keltirilgan.

Kelgusi ishlarida ham rivoj tilab qolamiz!

 

Telegram icon