“O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bobolardan qolgan o‘gitga ko‘ra tarixsiz kelajak yo‘q.

Joriy yilning 20-may sanasida talabalarning qiziqish hamda xohish-istaklarini inobatga olgan holda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu intellektual bahsda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. Bahslarda 23-XTA-01, 02, 03, 04 guruh talabalaridan tarkib topgan 4 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.

 Intellektual bellashuvning umumiy natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin sohiblari 23-XTA-02 guruhi, ikkinchi o‘rin 23-XTA-03 guruhi hamda mos ravishda uchinchi o‘rinni 23-XTA-01 va 23-XTA-04 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa hamda barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Telegram icon