Dota 2 "Educup"

ISFT instituti talabalari Dota 2 "Educup" turnirida!

Bizning iqtidorli talabalarimiz Toshkent shahar hokimiyati va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan O'zbekiston OTMlari o'rtasidagi nufuzli Dota 2 "Educup" turnirida ishtirok etishdi.

1/8 finalda jamoamiz TSUE talabalari bilan uchrashdi. Qizg'in kurash va shiddatli o'yin strategiyalaridan so'ng, yigitlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l olishdi!

Yangiliklarni kuzatib boring va jamoamizni qo'llab-quvvatlang! Oldinda hali ko'p qiziqarli o'yinlar bor.

Telegram icon