"Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi Ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo'naltirishda innovatsion yondashuv"

Joriy yilning 27-noyabrdan 5-dekabrgacha, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan hududlarda ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maktab psixologlari uchun "Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi Ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo'naltirishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi Respublika psixologlar forumlari bo'lib o'tdi.

Forum doirasida ISFT Instituti o'quvchi-yoshlarning ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta'minlashda hamda kasb-hunarga yo'naltirishning zamonaviy uslublarini joriy etishda o'z hissani qo'shgan bir qator amaliyotchi psixolog va metodistlarni qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan ko'nglidan joy oldi.

Shuningdek, ISFT Instituti Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markaziga ko'taringki kayfiyatdagi hamkorlik va qo'llab-quvvatlagani uchun o'z minnatdorligini izhor etadi.

Hurmat ila, ISFT Instituti Ma'muriyati.

 

 

Telegram icon