#Xushhabar

Joriy yilning noyabr va dekabr oylarida maktab o'quvchilari o'rtasida barcha viloyatlarda gumanitar fanlardan 2-bosqich fan olimpiadalari bo'lib o'tdi. Butun Respublika bo'ylab o'quvchilar faol ishtirok etishdi.

Olimpiadada ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilarga maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.

ISFT Instituti ham iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yuqori o'rin olgan o'quvchilarni esdalik sovg'alar va 2024-2025-o'quv yili uchun ISFT Institutiga grant asosida o'qishga qabul qilinishlari haqidagi maxsus sertifikatlarni topshirdi.

Kelajakda bundanda yuqori natijalarga erishishingizga ishonamiz!

 

Telegram icon