Xabaringiz bor, joriy yilning 4-10-noyabr kunlari aniq fanlar yo'nalishida asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Butun Respublika bo'ylab o'quvchilar shiddat bilan o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Xabaringiz bor, joriy yilning
4-10-noyabr kunlari aniq fanlar yo'nalishida asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Butun Respublika bo'ylab o'quvchilar shiddat bilan o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Yosh avlodning bilim va malakaga bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlash maqsadida institut mas'ul xodimlari bilan birgalikda maktab va maktabgacha ta'lim vazirligining bo'lim boshliqlari tomonidan sovrinli o'rinlarni olgan barcha ishtirokchilar ISFT Institutida byudjet asosida o'qishga qabul qilish bo'yicha maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birga ISFT Instituti Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligiga yuqori kayfiyatdagi hamkorlik uchun alohida tashakkur izhor etadi.

G'olib bo'lgan maktab o‘quvchilari uchun xursandchiligimizni bildiramiz! Kelajakda bundanda yuqori natijalarga erishishingizga ishonamiz!

 Kelajagingizni ISFT instituti bilan birga quring!

 

Telegram icon