Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan Mushoira klubi

Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan Mushoira klubi (https://t.me/mushoira_klubi) 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan onlayn tanlov e'lon qilgan edi.

Tanlov 4 yo'nalish bo'yicha bo'lib o'tdi:

Eng yaxshi videorolik;
Eng yaxshi audio;
Eng yaxshi she'r;
Eng yaxshi hikoya.

Eng yaxshi she'r tanlovida Institutimizning talabasi Arina Amonkeldiyeva "Soyabon tutishni yoqtirmasding sen" (https://t.me/mushoira_klubi/949) she'ri bilan ishtirok etib faxrli 1-o'rinni egalladi.

Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida omad tilab qolamiz!

 

Telegram icon