Putra universiteti va ISFT instituti

24-25-may kunlari Samarqand shahrida tashkil qilingan sammit davomida Malayziyaning Putra universiteti va ISFT instituti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda kelgusi hamkorlik haqida samarali muzokaralar o'tkazildi.

Uchrashuvda qo'shma ta'lim dasturlari, talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, shuningdek, qo'shma tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik talabalarimiz uchun yangi ufqlarni ochib beradi va bizning akademik aloqalarimizni mustahkamlaydi.

 

Yangiliklarimizni kuzatib boring, ISFT instituti bilan birgalikda sizni kutayotgan barcha yangilanishlar va imkoniyatlardan xabardor bo'ling!

Yorqin kelajagingizni ISFT Instituti bilan boshlang!

Telegram icon