"Tinchlik-ulug' ne'mat"

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodimi Meliqo'ziyev Jahongir Valijonovich, rektor maslahatchisi U.Olimov, ISFT instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Z.Narkuziyeva, professor-o'qituvchilar va kunduzgi hamda sirtqi talabalar ishtirok etdi.

Tadbir boshida talaba-yoshlarga "Tinchlik-ulug' ne'mat" deb nomlangan videorolik namoyish qilindi. Tadbirda Prezidentimiz tomonidan eng yuqori minbarlar orqali ilgari surib kelinayotgan "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish" g'oyasining ahamiyati tobora ortib borayotgani tushuntirildi.

 

Telegram icon