Emerald Insight raqamli tadqiqot platformasi bilan ishlash bo'yicha o'quv mashg'uloti muvaffaqiyatli o'tganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz

17 - aprel kuni institutimiz kutubxonasida Emerald Insight raqamli tadqiqot platformasi bilan ishlash bo'yicha o'quv mashg'uloti muvaffaqiyatli o'tganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz. Mahorat darsida talabalar o'z o'qishlarida yordam beradigan ilmiy maqolalarni izlash uchun ushbu platforma imkoniyatlaridan samarali foydalanishni o'rgandilar.

Biz sizning bilim va ko'nikmalaringizni boyitish istagingizni qadrlaymiz va tadbir davomida olingan ma'lumotlar keyingi o'quv jarayoningizda foydali bo'lishiga umid qilamiz.

 

Telegram icon