"WORLD EDU 2024" xalqaro ko'rgazmasi ikkinchi marta bo'lib o'tdi

"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" dasturi yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "SOF EXPO Samarqand" xalqaro ko'rgazmalar markazida 2024 yilning 28-29 fevral kunlari "WORLD EDU 2024" xalqaro ko'rgazmasi ikkinchi
marta bo'lib o'tdi. Unda bizning institut ham faol ishtirok etdi.

Ko'rgazma iqtidorli talabalarga xorijda ta'lim olish, tilni majburiy bilish va oldingi o'qish joylaridan yaxshi baho olish sharti bilan tanlagan universitetga stipendiya yoki ta'lim grantlari olish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

Ko'rgazmada O'zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog'iston,Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va boshqa davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalari ishtirok etishdi.

 

Telegram icon