"Yangi O'zbekistonda sifatli ta'lim berish muammolari va zamonaviy yechimlari" nomli konferensiyaga taklif qilamiz

2023 yil 3-4 may kunlari ISFT Institutida "Yangi O'zbekistonda sifatli ta'lim berish muammolari va zamonaviy yechimlari" mavzusida bo'lib o'tadigan birinchi yosh olimlar va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz.

Konferensiyada, Ta'lim, biznes, boshqaruv va huquq kabi sohalarga oid bo'lgan mavzular ilgari suriladi.

Ushbu konferensiyaga, professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilari, iqtidorli talabalari hamda boshqa oliy ta'lim muassasalari talabalari qatnashishlari mumkin.