Maktabgacha ta’lim Bakalavriati
Kontrakt narxlari (1 yil uchun):
Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi – kelajakda professional rivojlangan pedagog tarbiyachilarni tayyorlashga qaratilgan dastur boʼlib, ular bolalarni har tomonlama rivojlantirishda, oilaviy bogʼchalarni tizimli tashkil etishga, davlat va nodavlat bogʼchalarni rivojlantirishga asos boʼlib bunda yaratilgan oʼquv rejalari, oʼqitish va baholashni chuqur oʼrgatishga qaratilgandir. Dastur maktabgacha taʼlim nazariyasi va tarixi, maktabgacha taʼlim amaliyotida boʼlajak tarbiyachi murabbiylarni oʼqitishning nazariy va amaliy hamda interfaol usullari va fan sohasini mukammal egallashlarida mustahkam poydevor boʼlib xizmat qiladi.
Ushbu yoʼnalish maktabgacha yoshdagi bolani qamrab olgan yaxlit taʼlim jarayoni boʼlib, 3 yoshdan 6 yoshgacha rivojlanishda boʼlgan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan dasturdir. Boʼlajak tarbiyachi murabiylarga maktabgacha yoshdagi bolalarga oʼrgatilishi zarur boʼlgan inklyuziv, kognitiv, lingvistik va ijtimoiy hamda iqtidorli rivojlantirishga moyil boʼlgan bolalarning turli guruhlarini oʼqitishda moslashtirilgan. Аnʼanaviy va innovatsion tadqiqot usullaridan foydalangan holda oliy taʼlimning maktabgacha taʼlim nazariyasi va amaliyoti oʼrgatiladi.
Kursda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʼllashga qaratilgan. Kursning mohiyati taʼlim tizimida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy oʼzgarishlarni bolalarga taʼsirini va bolalarga toʼgʼri yoʼnalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.
MASHG'ULOTLAR TURI:
Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.
O’QISH DASTURI:
Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul);
Fevral – Yanvar, iyundan sentyabrgacha ta’tilni xisobga olgan holatda (Qishki Qabul).
O’QISH VAQTI:
Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).
Talablar:
Kunduzgi ta`lim tizimi uchun
Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi:
*NB: Abiturient quyidagi holda testlardan ozod qilinadi:
Sirtqi ta`limi uchun
Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi:
*NB: Abiturient quyidagi holda testlardan ozod qilinadi: