Boshlang'ich ta'lim Bakalavriati

Boshlang'ich ta'lim Bakalavriati

Kontrakt narxlari (1 yil uchun):

  • 17 000 000 UZS (stipendiyasiz);
  • 9 900 000 UZS (sirtqi).

Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi – boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinfgacha oʼqitish uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan. 

 

Dastur  talablari asosida boshlangʼich sinf oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilari pedagogik nazariyani, oʼqitish metodikasini va psixologik tushunchalar, bilish jarayonlarini hamda boshlangʼich taʼlim nazariyasi boʼyicha kurslarda faol qatnashadilar. Shuningdek, oʼquv kurslarda umumiy fundamental bilimga ega boʼladilar. 

 

MASHG'ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Yanvar, iyundan sentyabrgacha ta’tilni xisobga olgan holatda (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).

Talablar:

Kunduzgi ta`lim tizimi uchun

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi:

  • Ona - tili va adabiyot bo'yicha test ;
  • Umumiy Matematika bo'yicha test .

*NB: Abiturient quyidagi holda testlardan ozod qilinadi:

  • Davlat Test markazi (DTM) imtihon natijalarining mavjudligi, umumiy - 90+ ball bilan, shuningdek DTM natijalarini Institut qabul komissiyasi tomonidan tekshiriladi muvaffaqiyatli oʼtilganda.
  • Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikga tavsiya etiladi.

Sirtqi ta`limi uchun

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi:

  • Ona - tili va adabiyot bo'yicha test;
  • Umumiy Matematika bo'yicha test.

         *NB: Abiturient quyidagi holda testlardan ozod qilinadi:

  • Davlat Test Markazi (DTM) testi natijasi, umumiy balli - 60+ to‘plangan bo‘lsa, Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikga tavsiya etiladi.