"Induction week"

ISFT Institutida 25-30-sentabr kunlari, "Induction week" ya'ni "Tanishtiruv haftasi" bo'lib o'tdi.
Talabalarimiz interaktiv darslar davomida bir-birlari bilan yaqindan tanib olishdi.

Hafta davomida, ISFT Instituti ma'muriyati tomonidan ko'plab qiziqarli aqlni charhlovchi o'yinlar, viktorinalar tashkil qilindi.
Barcha tashkillashtirilgan musobaqalarda jamoalar aktiv qatnashishdi, natijalar hakamlar hay'ati tomonidan yozib borildi.

Natijalarga ko'ra, 1-o'rinni FC - 05 jamoasi, 2-o'rinni FC - 09 jamoasi, 3-o'rinni esa FC - 01 hamda FC - 02 jamoalari qo'lga kiritishdi.

Jamoalarga quyidagi sovg'alar topshirildi:

 1-o'ringa - "Yangi yil" bazmiga bilet;
 2-o'ringa - kinoga bilet;
 3-o'ringa - muz saroyiga biletlar bilan taqdirlanishdi.

Telegram icon