"Talabalar Ligasi"

Do'stlar, yaqinda bizning sevimli ISFT Institutimizda stol tennisi va shaxmat bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi!

 Barcha ishtirokchilar g'alaba qozonish ishtiyoqida edilar.

Shaxmat musobaqasida shiddatli o'yinni namoyish etgan kuchli uchlikni qarshi oling:

1. Raximov Jasur
2. Ismoilova Iroda
3. Musamuxammedov Xudoyberdi

Tennis musobaqasida ham bizga ajoyib o'yinni taqdim etgan g'oliblarimiz bilan tanishing:

1. Odilov Muhammadsiddiq
2. To'raxo'jayev Jahongir
3. Abduqodirov Meroj

 G'oliblarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi:

1-o'ringa - noutbuk
2-o'ringa - planshet
3-o'ringa - elektron kitob

Ishtirok etgan barchaga o'z tashakkurlarimizni bildirib qolamiz.

 Keling, birgalikda rivojlanishda va unutilmas daqiqalarni yaratishda davom etamiz !

Telegram icon