"Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi"

8-fevral kuni, ISFT instituti o'quv binosida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida institut professor-o'qituvchilari va talaba yoshlari ishtirokida profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda rektor maslahatchisi U. Olimov, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Z.M.Narkuziyeva, Katta Yalang‘och ota Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.O.Matyakubova, mahalla profilaktika inspektori kapitan A.Q.Samiyev hamda ushbu mahalla fuqarolar yig’ini Yoshlar yetakchisi S.A.Boltayevalar ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yig‘ilganlarda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga nisbatan murosasiz kurashish lozimligi, professor-o‘qituvchi, xodimlar va talaba-yoshlarda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o’tildi.

 

Telegram icon