"Talabalar ligasi"

18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida shaxmat bo'yicha "Talabalar ligasi" Toshkent shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

 ISFT instituti sharafini Iroda Ismoilova va Jasur Raximovlar himoya qilishdi. E'tiborga molik jihati, ushbu musobaqada 38 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari ishtirok etdi.

 Bo'lib o'tgan murosasiz bahslarda Iroda Ismoilova 7-o'rin, Jasur Raximov esa 9-o'rinni qo'lga kiritib, kuchli 10 talikdan joy oldilar. Ularga kelgusida bo'lib o'tadigan musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram icon