21.01.2019. O’zbekistonda birinchi marta: Talabalikka qishki qabul

ISFT Britaniyaning Oxford Brookes universiteti taklif etayotgan Xalqaro buxgalteryiya hisobi va moliya yo'nalishida bakalavriatga abiturient larni qishki qabulni e'lon qiladi. 
Bahorgi semestrga qabul 2019 yil 4-fevraldan boshlanadi.

Talabalarning odatdagi yozgi qabul qilishdan farqli ravishda, qishki qabul xujjatlar yig’ishni fevral oyidan, o’quv yili esa mart oyidan boshlanishi nazarda tutadi. O’quv dasturi dars jadvallari va ta’til yozgi qabul bilan o’xshash holda bo’ladi. Shunday qilib, bahorda o’qish boshlanib, o’quv yili keyingi yilning yanvar oyida tugaydi.

Qishki qabul abiturienlarga oliy o’quv yurtlariga kirishda o’z kuchini sinab ko’rishga qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, abiturientla o’qishni bashlashi uchun yana bir yil kutmaydilar.

Abiturientlar qabul qilish tizimining mazkur moslashuvchanligi O’zbekiston aholisini oliy ta’lim bilan qamrovini oshirishga yordam beradi, bu esa 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining (No. PF-5544) ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.