Biz kimmiz? ISFT nima?
ISFT Instituti, MChJ "International school of finance technology and science" - bu xalqaro darajadagi eng ilg'or va istiqbolli oliy ta'lim muassasalaridan biridir. 2021 yildan boshlab, MChJ «International School of Finance Technology and Science» o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan berilgan Litsenziya bo’yicha “ISFT Instituti” brend nomi orqali oliygoh sifatida yuritadi. Biz ACCA xalqaro professional dasturi bo'yicha o'qish uchun noyob imkoniyatni talabalarga taqdim etamiz, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng bizning talabalarimiz Oxford Brookes Universitetidan bakalavrlik darajasini olish imkoniga egalar.
ACCA nima?
ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda tashkil topgan, malakali buxgalterlar uyushmasi hisoblanadi. Bugungi kunda, ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlashtirgan va professional doiralarda kuchli obro'ga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro tashkilotidir.
ACCAning dunyo miqyosida tan olinishi.
ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. Bu moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilchilarni tayyorlashga qaratilgan. ACCA malaka oshirish dasturi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boshqaruvi, audit va soliqqa tortish.
Ushbu diplom (Oxford Brookes) O'zbekistonda tan olinganmi? Mamlakatimizda ish topa olamanmi?
Albatta. O'zbekistonda Oxford Brookes Diplomi imtihonsiz davlat Nostifikatsiyasidan o'tishi kerak, chunki Oxford Brookes Universiteti dunyoning eng yuqori darajali 500 ta universiteti ro'yxatiga kiritilgan. Batafsil o’qish ...
Shuningdek, diplom bilan olingan ACCA kasbiy malakasi O'zbekiston moliya sektorida ustuvor yo'nalish sifatida tan olingan va banklar tomonidan yuqori baholanmoqda. Batafsil o’qish ...
Oxford Brookes diplomi xalqaro arenalarda tan olinadimi? O'qishni tugatgandan so'ng chet elda ishlashim mumkinmi?
Ha, albatta. Hozirgi vaqtda Oxford Brookes diplomi va ACCA kasbiy darajasi 170 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan va yuqori baholanmoqda. Turli sohalardagi ish beruvchilar, ACCA treningi davomida olingan ko'nikma va bilimlarning sifatini bilishadi va dastur bitiruvchilariga nufuzli bo'sh ish o'rinlarini taklif qilishadi.
ISFT davlat ta'lim muassasasimi?
Yo'q. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan va davlatning barcha tegishli talablariga javob beruvchi litsenziya va sertifikatlar asosida ish faoliyatini olib boradi.