Ilmiy tadqiqot
ISFT ning ilmiy tadqiqotlar markazi
Tadqiqotlar
Barchasini ko'rishKonferensiyalar
Barchasini ko'rishO'quv faoliyati
Institutimizning o'quv rajalari va o'quv grafigini ko'rishingiz mumkin
O'quv rejalari
O'quv grafigi
Xalqaro faoliyat
Халқаро алоқалар бўлими
Xalqaro aloqalar bo'limi - bu "International School of Finance Technology and Science" (ISFT) institutining tarkibiy bo'linmasi. Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining qonunlari asosida amalga oshiradi.
Xalqaro aloqalar bо‘limi institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir.
BO'LIM MAQSADLARI
- ISFT ni mahalliy reytingdan tashqari, xalqaro reytinglarda yuqori o’ringa ega bo’lishni ta’minlash
- Xorijiy universitetlar, muassasalar, tashkilotlar va fondlar bilan xalqaro ilmiy loyihalar, dasturlar, shartnomalar, grantlar va hamkorlikni kengaytirish va ISFT Institutini nomini xalqaro miqyosda tan olingan holda, innovatsion ilmiy-o'quv muassaga aylantirish
- Xalqaro standartlarga javob beradigan professor-uqituvchilarni jalb qilish va ISFT ustolarini hamkorlikdagi nufuzli oliy ta’lim muassasida malaka oshirishga yuborish, tajriba almashinish.
Ijtimoiy faoliyat
ISFT фаоллар клуби
Barchasini ko'rishФаоллар клуби – бу талабалар учун очилган, ташаббускор ва фаол ёшлар учун клуб бўлиб, институт ҳаётига ижобий ўзгаришлар киритиш, жамоат ишларида фаол иштирок этиш, шахсий ва профессионал ривожланиш имкониятларини тақдим этади. Фаоллар Клуби аъзолари қуйидаги фаолиятларда иштирок этадилар:
Институт тадбирларини ташкил қилиш ва ўтказиш: байрамлар, концертлар, конференциялар ва спорт мусобақаларини уюштиришда ёрдам берадилар.
Лойиҳалар ва ижтимоий ташаббуслар: ижтимоий, маданий ва экологик лойиҳаларда қатнашиб, жамиятда ўз ҳиссаларини қўшадилар.
Лидерлик ва шахсий ривожланиш тренинглари: ўз малакаларини ошириш ва келажакда етакчи бўлиш учун махсус тренинг ва семинарлар ташкил этилади.
Нетворкинг ва мулоқот: талабалар ўртасида дўстликни ривожлантириш, билим ва тажриба алмашиш имконини яратади.
Фаоллар Клуби институтнинг энг фаол ва ташаббускор талабалари учун очиқ бўлиб, аъзолик учун танлов асосида қабул қилинади. Бу клубда иштирок этиш орқали талабалар ўзларининг раҳбарлик қобилиятларини ривожлантириб, келажакдаги муваффақиятларига мустаҳкам пойдевор яратадилар.



