Sayt test rejimida ishlamoqda

Axborot texnologiyalari

Kunduzgi ta'lim shakli

1

O'quv dasturi davomiyligi

4 yil

Bir semestr uchun to'lov miqdori

17 000 000 so'm

Daraja

Bakalavriat

Hoziroq biz bilan bog'laning

O'zingiz istagan savollarga 5 daqiqa ichida javob oling va o'z o'rningizni band qiling.

ISFT instituti talabasi bo'ling

Va “Gumanitar dasturlar” fakultetining o'zingiz istagan yo'nalishida BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'ling!

Ariza topshirish

Yo'nalish tavsifi

Yo'nalish o'z ichiga ACCA xalqaro dastur bo'yicha professional buxgalteriyani o'qitishni qamrab oladi. Talabalar ACCA ning 9ta maxsus asosiy fanlaridan iborat dasturlarni va Iqtisodiyot, Akademik Ingliz tili, Shaxsiy rivojlanish va h.k. kabi bir qator fanlarni ham asosiy fanlar ichida o'rganadilar. 

Ushbu kurs Xalqaro Diplomli va Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)ning qulay va variativ ta'lim dasturlari asosida buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish  va moliyaviy boshqaruv sohasida xalqaro darajadagi tayyorgarlik va bilim berishga qaratilgan. Bu tizimning o'ziga xos noyobligi kasbiy bilim va tajriba darajasi turlicha bo'lgan talablarga ta'lim olish imkoniyatlarini yaratadi.

ACCA kursi moliyaviy menejment, audit yoki soliq sohasida mutaxassis bo'lish istagidan bo'lgan barcha uchun mo'ljallangan. ACCAga a'zo bo'lganlar moliyaviy hisobot, boshqaruv hisoboti, soliqqa tortish, axborot texnologiyalari, strategik rejalashtirish va umumiy menejment sohalarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

ACCA kvalifikatsiyasi turli biznes sektorlarida muvaffaqiyatli mavqega ega bo'lishga – davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada yoki – moliya, buxgalteriya hisobi, audit, korporativ va soliq huquqi sohasida shaxsiy biznesni tashkil qilishda yordam beradi.  ACCA dasturi hisobotlar, etika, boshqaruv masalalari, shuningdek moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga alohida e'tibor qaratadi.

ACCA kvalifikatsiyasi Xalqaro Buxgalteriya Federatsiyasining (IFAC, Shveytsariya) buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro standartlariga muvofiq keladi. ACCA kvalifikatsiyasiga ega bo'lish moliya mutaxassislariga istalgan sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi: davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada ishlashi yoki shaxsiy biznes bilan shug'ullanishi mumkun.

ACCA dasturining o'ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ta'lim mazmuni va tarkibining har yili xalqaro buxgalterlik amaliyoti tamoyillari va biznes, hisobotlar va dunyo iqtisodiyoti sohalarida qadriyatlarning dolzarb o'zgarishlariga muvofiq holda yangilanishi hisoblanadi.

Lorem ipsum dolor sit amet consectetur. Posuere tincidunt nunc urna magna gravida lorem odio porttitor sed. Commodo orci in aliquam ut laoreet. Vel fermentum vestibulum mollis quam neque. Id urna leo suspendisse etiam pharetra ut sed.

Talablar

Kirish imtihonlari:

  • 1Ona tilidan test
  • 1Umumiy matematika fanidan test
  • 1Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball to'plagan abituriyentlar talaba bo'lish imkoniyatiga ega.

Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o'qishi mumkin bo'ladi.

*Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi.

Karyera imkoniyatlari

“Xalqaro Buxgalteriya hisobi” dasturi bitiruvchilari PwC, EY, Deloitte, McKinsey kabi yirik firmalarga zarur bo'lgan mutaxassis sifatida o'zlari uchun nufuzli karyera imkoniyatlarini ochadilar. Lavozimlar qatorida – Sertifikatlangan buxgalter, auditor, sud buxgalteri va moliyaviy tahlilchi kabilari mavjud. Bunday mutaxassislar moliyaviy yaxlitlik, muvofiqlik va strategik qarorlar qabul qilishni ta'minlashda asosiy rollarni o'ynaydi.

Kimlar uchun

Xalqaro moliyaviy tizimlarining murakkab dunyosini o'rganing. Bizning “Xalqaro Buxgalteriya hisobi” dasturimiz xalqaro miqyosda buxgalteriya hisobi amaliyoti bo'yicha keng qamrovli bilimlarni taqdim etadi. Talabalar xalqaro biznesda mufavvaqiyatli ish yuritish uchun zarur bo'lgan moliyaviy hisobot, audit va muvofiqlik sohasida ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Nimalarni o'rganasiz

Buxgalteriya hisobi va moliya

  • 1Pul mablag'lari, majburiyatlar va hisob-kitoblarni hisobga olish.
  • 1Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi.
  • 1Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish.
  • 1Ish haqi va xodimlarga to'lovlarni hisobga olish.
  • 1Tayyor mahsulotlar va tovarlarni hisobga olish.
  • 1Amaliy mashqlar

Biznes va menejment

  • 1O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish va tashkil etish
  • 1Auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish texnologiyalari
  • 1Audit jarayoni
  • 1Ichki audit tizimini baholash

Moliya sohasida boshqaruv

  • 11, 5, 7, 8, 34-sonli MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish
  • 1- 2, 5, 16, 17, 36, 37, 38, 40-sonli MHXS bo'yicha aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish
  • 1- 11, 12, 18-sonli MHXSlar bo'yicha daromadlar, xarajatlar va daromad solig'ini aks ettirish
  • 1Xodimlarga beriladigan to'lovlar va nafaqalarni 19, 26-sonli MHXS bo'yicha hisobga olish

Xalqaro munosabatlar

  • 1Tashkilot daromadlari soliq hisobi
  • 1Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar soliq hisobi
  • 1Ishlab chiqarish va savdoda soliqlarni hisobga olish xususiyatlari
  • 1Xalqaro soliqlar
  • 1Tashkilot xarajatlari soliq hisobi

FAQ

O'qishni nechchi yil davom etadi?

O'qish davomiyligi bakalavriat uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil, ikkinchi ta'lim uchun esa 2 yil.

O'qishni ko'chirish mumkinmi?

Ha, o'qishni ko'chirish mumkin. O'qishni ko'chirish uchun talabalar o'zlarining arizalarini qabul komissiyasiga topshirishlari kerak.

Kontrakt summasi qancha?

O'qish kontrakt summasi o'qish yo'nalishiga va o'qish tili bo'yicha farq qiladi. Kontrakt summasi 1 500 000 so'mdan 3 000 000 so'mgacha bo'ladi.

Qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?

Imtihonlar o'qish yo'nalishiga qarab farq qiladi. Masalan, gumanitar yo'nalishlar uchun imtihonlar matematika, ona tili va yozuv bo'yicha bo'ladi.

Nechta grant ajratilgan?

2024-2025 o'qish yili uchun 300 ta'lim granti ajratilgan. Grantlar o'qish yo'nalishiga va o'qish tili bo'yicha farq qiladi.