Biz haqimizda

Bizning vazifamiz — talabalarda kelajakdagi karyera o‘sishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni kasbiy muhitga tayyorlashdir.

Biz bunga ilg‘or ta’lim dasturlari va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, mehnat bozori va ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda erishamiz. Natijada talabalar jamiyat taraqqiyotida faol va muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

1

ISFT Instituti: O'zbekistondagi eng ilg'or innovatsion o'quv yurti

2016-yilda tashkil etilgan MChJ «International School of Finance Technology and Science» O‘zbekistondagi eng ilg‘or, innovatsion va istiqbolli ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 2021-yildan boshlab MChJ «International School of Finance Technology and Science» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida «ISFT instituti» brend nomi ostida oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

ISFT Instituti: O'zbekistondagi eng ilg'or innovatsion o'quv yurti

Ta'lim Muhiti

ISFT instituti — zamonaviy ta’lim va ilmiy yondashuv asosida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar ilg‘or o‘quv muhitida, zamonaviy infratuzilma va tajribali o‘qituvchilar rahbarligida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Biz talabalarga global talablar darajasida fikrlash, muammolarni hal qilish va kelajak kasbiga tayyor bo‘lish imkoniyatini yaratamiz.

Ta'lim Muhiti

O‘ziga xos o‘qitish usuli

ISFT instituti xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga integratsiya qilgan holda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar yetakchi mutaxassislar rahbarligida tahsil olib, ilk kunlardanoq tadqiqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Biz ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishga va muvaffaqiyatli karyera qurishga tayyorlaymiz.

O‘ziga xos o‘qitish usuli

Kichik Guruhlar Samaradorligi

ISFT instituti talabalarga kichik guruhlarda va maxsus jamoalarda, tajribali o‘qituvchilar rahbarligida ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Bu yondashuv ularning ijodkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirib, samarali va faol ta’lim muhitini ta’minlaydi.

Kichik Guruhlar Samaradorligi

Bizning bitiruvchilarimizdagi afzalliklar va o‘ziga хosliklar

 

  • O‘z sohasida mukammal bilimlarga ega bo‘lishi
  • Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
  • Biznes savodxonligi va muloqot qobiliyati
  • Yetakchilik fazilatlari, jamoada ishlash va shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalari
  • Ahloqiy kompetensiya va xalqaro bag‘rikenglik
  • Ishga sadoqat, hissiyotini nazorat qila bilish va sabr-toqat
Bizning bitiruvchilarimizdagi afzalliklar va o‘ziga хosliklar

Bizning bitiruvchilarimizdagi afzalliklar va o'ziga xosliklar

NGO Impact Bridge

Rektor bilan bog'laning

Rektor uchun taklif yoki shikoyatlaringiz bo'lsa tugmani bosish orqali rektor bilan bog'lanishingiz va o'z taklif, shikoyat, e'tirozlaringizni bildirishingiz mumkin

Elektron qabulxona

Litsenziya va sertifikatlar

ISFT+Andijon (лицензия) - 0001
ISFT+Andijon (лицензия) - 0002
ISFT+Andijon (лицензия) - 0003
litsenziya PhD NEW - 0001
litsenziya PhD NEW - 0002
ECAQA (аккредитация)