ISFT institutida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

ISFT institutida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

Universitetda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza yoki shikoyat, masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish yoki hujjatlarni so‘rab olish talab qilinsa, muddat bir oygacha uzaytiriladi.

Universitetda murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Ishonch telefoni orqali murojaatlar (55 508-37-37) bo‘lim mas’uli tomonidan qog‘oz shaklida yozib olinadi va ijro.uz tizimi orqali tegishli mas’ullarga yo‘naltiriladi.
  • Rektor va prorektorlarga qabul ularning tasdiqlangan qabul rejalari asosida, maxsus jurnallarga qayd etish orqali amalga oshiriladi. Murojaatchilar bo‘lim mas’ullari tomonidan kutib olinib, rahbariyat qabulxonasiga yo‘naltiriladi.