Tadqiqotchilar

Tadqiqotchilar
Rustamova Lola ISFT instituti tayanch doktoranti

Tadqiqot yo'nalishi: 19.00.06 - "Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi"

Tadqiqot mavzusi: Talabalar ta'lim motivini rivojlantirishda oilaviy qadriyatlar ta'sirining psixologik determinantlari

Ilmiy rahbar: G'.B.Shoumarov psixologiya fanlari doktori, akademik

 


Interaktiv va psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan bugungi ta’lim muhitida talabalar motivatsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rustamova Lola o‘z ilmiy faoliyatini aynan shu masalaga bag‘ishlagan.

U “Talabalar ta’lim motivini rivojlantirishda oilaviy qadriyatlar ta’sirining psixologik determinantlari” mavzusi orqali shaxsiy rivojlanish, oilaviy muhit va o‘quv motivatsiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ilmiy asoslashga intilmoqda.

Tadqiqotchilar
Deberdiev Anvar ISFT instituti tayanch doktoranti

Tadqiqot yo'nalishi: 08.00.11 - Marketing.
 

Tadqiqot mavzusi: "AJ QK 'UzBAT' kompaniyasi misolida differensial marketing strategiyalarini ishlab chiqish".
 

Ilmiy rahbar: Eshmatov Sanjar Azimkulovich, TSUE iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
 


Bugungi interaktiv va dinamik bozorlarda har bir kompaniya o‘z iste’molchisini chuqur tushunishga va unga mos yondashishga majbur. Shu maqsadda ISFT instituti tayanch doktoranti Deberdiev Anvar o‘z ilmiy izlanishlarini innovatsion marketing yondashuvlariga bag‘ishlagan.

U AJ QK "UzBAT" kompaniyasi misolida differensial marketing strategiyalarini ishlab chiqish” mavzusi orqali real bozor sharoitida samarali marketing yondashuvlarini shakllantirish va ularni raqobatbardoshlik vositasi sifatida taklif qilishga intilmoqda.

Tadqiqotchilar
Yusupov Ulug‘bek ISFT instituti tayanch doktoranti

Tadqiqot yo'nalishi: 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.


Tadqiqot mavzusi: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining moliyaviy hisobotga ta'siri.


Ilmiy rahbar: Xalilov Sherzod, ISFT, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
 


Global iqtisodiy muhitda moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga mosligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yusupov Ulug‘bek ushbu masalaga ilmiy yondashib, o‘z tadqiqotini XMHS'ning iqtisodiy samaradorlikka ta’siriga bag‘ishlagan.
 

U rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida xalqaro standartlarning milliy hisob siyosatiga integratsiyalashuvini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilmoqda.

Tadqiqotchilar
Abdulakimova Moxina Farxod qizi ISFT instituti tayanch doktoranti

Tadqiqot yo'nalishi: 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit

Tadqiqot mavzusi: Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish

Ilmiy rahbar: Uktamov Xusniddin, ISFT kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD dotsent