Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro dasturlar

1
Hoziroq biz bilan bog'laning

O'zingiz istagan savollarga 5 daqiqa ichida javob oling va o'z o'rningizni band qiling

ISFT instituti talabasi bo'ling

va ushbu yo'nalishida BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'ling

Ariza topshirish

Fakultet tavsifi

Xalqaro dasturlar  xalqaro munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiyot va boshqa xalqaro aloqalar bilan bog'liq sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu fakultet talabalarga xalqaro siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni tushunish, xalqaro tashkilotlar va diplomatik xizmatlar faoliyatini o'rganish, shuningdek, xalqaro savdo va moliyaviy tizimlar bilan ishlash bo'yicha bilim beradi.

Fakultetning asosiy maqsadi — talabalarni global muammolarni hal qilishda, davlatlararo munosabatlarni tartibga solishda va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashda zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan ta’minlashdir. Talabalar global siyosat, xalqaro xavfsizlik, inson huquqlari, xalqaro huquq va madaniyatlararo muloqot kabi sohalarda chuqur bilimga ega bo'ladilar.

Xalqaro dastur talabalari xalqaro diplomatiya, biznes, siyosat, xalqaro huquq va tashkilotlarda ishlash uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy ko'nikmalarni egallaydilar. Fakultet ko'pincha talabalarga xorijda o'qish yoki xalqaro tashkilotlar va kompaniyalarda amaliyot o'tash imkoniyatlarini ham taqdim etadi, bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga yordam beradi.

Yo'nalishlar

Umumta’lim Kursi (1-kurs) Kunduzgi ta’lim

Umumta’lim Kursi (1-kurs) Kunduzgi ta’lim

(1 akademik yil)

Bir o'quv yili uchun kontrakt summasi:

17 000 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori).

Ushbu dastur talabani Asosiy Bakalavriatga tayyorlash uchun akademik dasturga kiritilgan. Keyingi ta’lim bosqichlarida professional terminologiya akademik Ingliz tili yordamida olib borilishini e’tiborga olgan holda, tilni o’qitish bo’yicha zamonaviy jahon ta’lim dasturlaridan foydalanilgan kompleks mashg’ulotlar dasturga kiritilgan. Shuningdek, ushbu kurs talabaning kelgusida ixtisosligi haqida fundamental tushunchalarni hosil qilishga yo’naltirilgan bir qator qo’shimcha tanishuv fanlaridan tashkil topgan.

Umumta’lim Kurslari talabalari alohida ishchi guruhlarga bo’linadilar va amaliy matematika hamda ingliz tilidan kuchaytirilgan ta'lim oladilar, shuningdek biznes, buxgalteriya, moliya va axborot texnologiyalariga yo’naltiriladi.

DARSLIKLAR RO'YXATI:

  • Umumiy Ingliz tili;
  • Biznes asoslari;
  • Akademik Ingliz tili;
  • Buxgalteriya, kirish qismi;
  • Tadqiqot usullari;
  • Shaxsiy daromad-xarajatlarni boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot va jamiyat;
  • Periferik kompyuter ko'nikmalar.

MASHG’ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, guruhli mashg’ulotlar, jamoaviy loyihalar, ta’limiy seminarlar, keys vorkshoplar.

O’QISH DASTURI:

Sentyabr - Iyul (An’anaviy yozgi qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars vaqti akademik yil boshida aniq bo'ladi).

Talablar:

NB: Abiturient quyidagi holda ingliz tili testidan ozod qilinadi:

IELTS (Band Score = 5.5+) sertifikati yoki shunga ekvivalent sertifikat mavjudligi.

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi:

  • Ingliz tilining o’rta (Intermediate) darajasini bilish bo’yicha test;
  • Umumiy Matematika bo'yicha test (o'zbek tilida);

Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar suhbatga qoʻyiladi.

Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.

Yevro guruh (Rus), darslar rus tilida olib boriladi:

  • Ingliz tilining o’rta (Intermediate) darajasini bilish bo’yicha test;
  • Umumiy Matematika bo'yicha test (rus tilida);

Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar suhbatga qoʻyiladi.

Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.

Xalqaro guruh (Ingliz), darslar ingliz tilida olib boriladi:

  • Ingliz tilining o’rta (Intermediate) darajasini bilish bo’yicha test;
  • Umumiy Matematika bo'yicha test (ingliz tilida);

Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar suhbatga qoʻyiladi.

Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.

FAQ

Test sinovlari qachondan boshlanadi ?

Test sinovlari 1 sentyabrdan boshlanadi

Biz kimmiz? ISFT nima?

ISFT Instituti O’zbekistondagi eng ilg’or, innovatsion va istiqbolli institutlardan biri bo’lib, uzoq yillik tarixiga ega. Ushbu dargoh 2016 yil International School of Finance Technology and Science (ISFT) nomi ostida biznes maktab sifatida faoliyatini boshlagan. Biznes maktabda darslar asosan ingliz tilida bo’lib, Buyuk Britaniyaning ACCA dasturi asosida xalqaro buxgalteriya bo’yicha ta’lim berilan.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5847-sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» farmoniga asosan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilangan.

Shundan kelib chiqib, 2021 yil ISFT Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 0035-sonli litsenziyaga ega bo’ldi va ISFT Instituti brendi ostida o’z faoliyat davom ettirib kelmoqda.

ISFT Institutimizda  2 ta: kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha tahsil olishingiz mumkin. 2021 yilda bakalavr uchun 1 ta fakultetda 3 ta yo’nalish bo’lgan bo’lsa, 2024 yilga kelib bakalavr uchun 4 ta fakultetda 15 ta yo’nalishda tahsil olish imkoniyati yaratildi va magistratura uchun 4 ta yo’nalish ochildi.

ISFT davlat ta'lim muassasasimi?

Yo'q. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muassasa tomonidan berilgan va davlatning barcha tegishli talablariga javob beruvchi litsenziya va sertifikatlar asosida ish faoliyatini olib boradi.

ISFT instituti HEMIS platformasidan ro'yxatdan o’tganmi?

ISFT instituti HEMIS platformasida ro'yxatdan o’tganligini ushbu havola orqali tekshirib ko’rishingiz mumkin hemis.uz

Kontrakt

Kontrakt summasi

Talabalikka tavsiya etilgan Abituriyentlar uchun yillik kontrakt summasi:

Kunduzgi ta’lim uchun kontrakt to‘lovi 50 BHM (bazaviy hisoblash miqdori) barcha ta’lim yo‘nalishiga bir xil, joriy yil uchun 17 000 000 so‘m

Bugungi kunda BHM ( bazaviy hisoblash miqdori ) - 340 000 so‘mni tashkil etadi.
 

Sirtqi ta’lim uchun kontrakt summasi - 33 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)- barcha ta’lim yo‘nalishiga bir xil, joriy yil uchun 11 220 000 so‘m.

Bugungi kunda BHM ( bazaviy hisoblash miqdori ) - 340 000 so‘mni tashkil etadi.

ISFT instituti talabalarga stipendiya ajratmaydi, biroq yillik 100 foizlik grantlar ajratishi mumkin.

Agar bitta oiladan (aka-uka, opa-singil, er-xotin va h.k.) 2 yoki undan ortiq talaba o‘qiydigan bo‘lsa, kontrakt to‘loviga har bir oila a’zosi uchun 20 foizlik chegirma beriladi.

Grant o'rinlari ham mavjudmi?

Hozirgi vaqtda taxminan 300 ta umumiy hamda + 50 ta maxsus (Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillari uchun) grant o'rinlari ajratilishi rejalashtirilgan.
 

O'qishni ko'chirish

Albatta  institutimizda o'qishni ko'chirish mavjud. O'qishini ko'chiradigan talabalar faqat 2-kursdan va 3-kursdan qabul qilinadi.

Nafaqat O’zbekistondan, siz Xorijdan ham bizning institutimizga o'qishni ko'chirsangiz bo’ladi,
talablar: 1-kursni tugatgan bo’lishingiz , yakuniy imtixonlaringizdan o’tgan va 1-kurs tugatganligingiz haqida buyrug’ingiz bo’lishi talab qilinadi

ACCA nima?

ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda tashkil topgan, malakali buxgalterlar uyushmasi hisoblanadi. Bugungi kunda ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlashtirgan va professional doiralarda kuchli obro'ga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro tashkilotidir.

ACCA ning dunyo miqyosida tan olinishi.

ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. U moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilchilarni tayyorlashga qaratilgan. ACCA malaka oshirish dasturi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boshqaruvi, audit va soliqqa tortish.