Azizov Shohsuvor Yuldashevich
Azizov Shohsuvor Yuldashevich
Azizov Shohsuvor 2022-yilda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Chariyev Qurbon Amirovich rahbarligida “Dehqon xoʻjaliklarida qoʻshilgan qiymatni yaratish va oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida 08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
Azizov Shohsuvor dissertatsiyasining asosiy maqsadi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni yaratish va oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Azizov Shohsuvor o‘z izlanishlarida quyidagi amaliy natijalarga erishgan:
- dehqon xoʻjaliklarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjiri boʻgʻinlarida yaratiladigan qoʻshilgan qiymatni koeffitsiyentlar orqali hisoblash usuli va uni qoʻllash yoʻllari asoslangan;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uy sharoitida saqlab va qayta ishlab sotish tizimini rivojlantirish asosida dehqon xoʻjaliklarida qoʻshilgan qiymatni koʻpaytirish va mahsulotlar nobudgarchiligini kamaytirish hajmini hisoblash boʻyicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
- dehqon xoʻjaliklari faoliyati bilan bogʻliq subyektlar hamkorligida ulushli pay mexanizmiga asoslangan, hamda oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalash va moddiy ragʻbatlantirish huquqiga ega integral shakldagi kooperativlarni tashkil etish tartib-qoidalalari va tarkibiy-boshqaruv tuzilmasi tavsiya etilgan;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va isteʼmolchilargacha yetkazish jarayonlarida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjiri subyektlari bilan dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar tizimini joriy qilish asosida ular faoliyatida qoʻshilgan qiymat va daromadlarni oshirish yoʻllari asoslangan.
Ishlab chiqilgan uslubiy-amaliy yoʻnalishlardagi xulosa, taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va boshqa tegishli vazirliklar, hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan istiqbolda dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularning qoʻshilgan qiymat zanjiridagi oʻrnini mustahkamlash boʻyicha Dastur va maxsus chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, shuningdek, uslubiy-amaliy ishlanmalar va boshqa muhim tahliliy natijalar, axborot resurslaridan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlarida foydalanish mumkin.
Tadqiqot davomida Azizov Shohsuvor 4 ta xalqaro va 11 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 8 ta mahalliy va xorijiy jurnalda maqola chop etgan. Hozirda doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.