Konsultativ-maslahat organlari
Konsultativ-maslahat organlari
Kuzatuv kengashi institut faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi, uzoq muddatli hamda barqaror rivojlanish uchun muassasaning strategik yo‘nalishini belgilaydi. Shuningdek, oliy rahbariyat faoliyatini baholaydi va hisobdorlikni ta’minlaydi. U institut va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.
Kengash o‘z missiyasi, qadriyatlari va qarashlariga muvofiq holda muassasaning strategiyasi, siyosati va tartib-qoidalarini boshqarish hamda nazorat qilish uchun javobgardir. U rektor va prorektorlarga operativ guruhlar orqali OTMning strategik rejalarini amalga oshiruvchi loyihalarni topshiradi.
Boshqaruv tuzilmasi turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlaydi. Shuningdek, muassasaning missiyasi, qadriyatlari va strategik ustuvorliklariga muvofiq faoliyat yuritishini kafolatlaydi. Turli guruhlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida yana 6 ta qo‘shimcha kengash tashkil etiladi: Maslahat kengashi, Ilmiy kengash, Moliya qo‘mitasi, Kafedra kengashi va Talabalar kengashi.
