Sayt test rejimida ishlamoqda
1

ISFTda magistratura talabalari o‘qishni boshladi!

Institutimizda birinchi magistrantlar bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni rektor maslahatchisi, professor Narzullo Jo‘rayev ochib berdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tuxtamish Azizov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Gulnoz Bahodirova hamda magistratura bo‘limi boshlig‘i Farida Xamidova magistrantlarni samimiy qutlab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilashdi.

Institutimizda quyidagi to‘rt yo‘nalishda magistratura ta’limi yo‘lga qo‘yilgan: xorijiy til va adabiyot, pedagogika, davlat moliyaviy nazorati va auditi, buxgalteriya hisobi. Uchrashuv davomida kafedra mudirlari taqdimotlar o‘tkazib, har bir yo‘nalish bo‘yicha to‘liq ma'lumot berishdi.

Tadbir yakunida magistrantlar barcha savollariga javob oldilar va institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

10

Oktabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

"ISFT" instituti 3-sonli ilmiy-uslubiy jurnali nashr qilindi

21

Oktabr2024
ISFTda magistratura talabalari o‘qishni boshladi!

10

Oktabr2024
“Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha IV Xalqaro talabalar olimpiadasi

08

Oktabr2024
ISFT Instituti tomonidan tashkil etilgan daraxt ekish tadbiri 7-aprelda muvaffaqiyatli o'tkazildi.

20

Sentabr2024
"Biznes-inkubator" loyihasi doirasida, "Hayit" bayramiga bag'ishlangan yarmarka

10

Sentabr2024