Yusupova Gulizebo Yangiboyrvns

Yusupova Gulizebo Yangiboyrvns

Yusupova Gulizebo hozirgi kunda O‘zbekiston jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi bo‘lib, filologiya fanlari doktori, professor Majidova Ra’no Urishevna rahbarligida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida “Ingliz va o‘zbek toponimlarining transliteratsiya qilish tamoyillari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Yusupova Gulizebo tadqiqot ishi ingliz va o‘zbek tillaridagi toponimlarning lingvokognitiv va transliteratsiya qilishning o‘ziga xosliklari hamda struktur, semantik va etimologik va orfoepik xususiyatlari o‘rganilishi jihatidan ahamiyatli.

Yusupova Gulizebo tadqiqotining maqsadi ingliz va o‘zbek tillari toponimlarining struktur va semantik-strukturaviy o‘ziga xosliklarini qiyosiy tahlil qilishdan iborat bo‘lib, quyidagi vazifalarni ko‘zlaydi:

  • toponimlarning lingvomadaniy ahamiyatini asoslash hamda etimologiyasiga oydinlik kiritish;
  • ingliz va o‘zbek tillari toponimik birliklarni an’anaviy metodlar yordamida tahlil qilib, toponimlarning o‘zlashtirilish sohasidagi imkoniyatlarini o‘rganish orqali o‘zaro munosabatlarini asoslash; 
  • ingliz va o‘zbek tillari toponimik sistemasidagi orfografik va orfoepik xususiyatlarini ko‘rib chiqish va qiyosiy o‘rganish;
  • toponimlarning badiiy matnda faollashadigan kognitiv-konseptual va madaniy mohiyatini o‘rganish.

Yusupova Gulizeboning tadqiqot ishining obyektini ingliz va o‘zbek tillaridagi lug‘atlar va turli manbalar hamda og‘zaki va yozma adabiyot namunalarida uchraydigan geografik nomlar (toponimlar) tashkil etadi.