1

Mustaqil izlanuvchilik uchun suhbat bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-avgust kuni ISFT intstitutida  mustaqil izlanuvchilikka 6 nafar talabgor uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

 

◾️ 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit
◾️ 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa

 

Mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihoni va suhbatda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar o‘zlarining bilim darajasi va ilmiy salohiyatlarini namoyish etdilar. 

Har bir ixtisoslik bo‘yicha tuzilgan ekspert  komissiyasi tomonidan talabgorlarning bilimi baholandi, yakunda suhbat natijalari e’lon qilindi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning kelgusi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

20

Avgust2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar